Jasur Hamroyev: O’zbek xalqi darg’alari qaytganidan xursand


Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan O’zbekiston shou-biznesida qanday o’zgarishlar kuzatilmoqda? Bugungi san’at va madaniy hayot qanday?

Shov-shuv.uz sayti asoschisi, yulduzlar faoliyatini yoritib tanilgan jurnalist Jasur Hamroyev shu kunlarda Amerikada. Shtatma-shtat kezib, vatandoshlar bilan muloqotda.

Vashingtonda “Amerika Ovozi” bilan suhbatda aytishicha, u yangi kitob ustida ishlamoqda. Qahramonlar – xorijda o’z yo’lini topgan, o’z yo’lida dunyoni o’zgartirishga bel bog’lagan o’zbekistonliklar.

Bundan muddao nima? O’zbekiston ahli o’z farzandlarining yutuqlari, fikr-qarashlarini bilishni xohlaydi, deydi ijodkor.

“Xalqimiz o’z darg’alari, xususan sevimli artistlari Sherali Jo’rayev va Yulduz Usmonova katta sahnaga qaytganidan xursand va minnatdor”, – deydi Jasur Hamroyev.

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri o’rinbosari lavozimida ekan, bu sohada o’zgarishlar qilishga harakat qilmoqda, lekin baho berishga hozircha erta, deydi jurnalist.

Uning tahlilicha, o’zbek musiqa olamida yangicha ijod ko’zga tashlanmaydi. Rang-baranglik, serqirralik yetishmaydi.

Rep janri mamlakatda hali ham tirikmi? Jasur Hamroyevdan bu savolimizga ham javob oldik. Videoni tomosha qilib, bilib olasiz.

Jurnalist ijtimoiy tarmoqlardagi jonli strimlari bilan ham jamoatchilik ko’ziga tushgan. Bu safar u “Amerika Ovozi” jurnalisti bilan muloqot qildi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova “Amerika Manzaralari” turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. “Amerika Ovozi”da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O’zbekiston radiosining “Xalqaro hayot” redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo’yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo’yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Qo’shqo’rg’on qishlog’ida ziyoli oilasida ulg’aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.