Tramp: Kitobdagi gaplarga ishonmang, men dahoman


Donald Trampning bir yillik prezidentligi haqida yangi kitob chiqishi ketidan AQSh rahbari “ishlarim 100 foiz to’g’ri, hech qachon qonunga xilof ish qilmaganman”, deb o’zini himoya qilmoqda.

“Mening saylov kampaniyam va Rossiya o’rtasida hech qanday aloqa yo’q”, – dedi u Kreml uning saylanishiga yordam bergani haqidagi da’volarga ishora qilib. Tramp fikricha, bu borada tergov olib borilayotgani ahmoqona ish.

Prezidentning Merilend shtatidagi “Kemp Deyvid” qarorgohida qonunchilar va vazirlar bilan uchrashgan Donald Tramp jurnalistlar savollariga javob berdi. Sal avval o’z tvitlarida prezident o’zini “aqli raso, geniy” deb ta’riflagan edi.

“Alanga va qahr: Trampning Oq uyi” nomli kitobda Tramp oliy lavozimga noloyiq shaxs sifatida gavdalanadi. Prezidentning advokatlari uni nashrdan to’xtatishga harakat qilgani, Oq uy kitob muallifi Maykl Vulfga tanqidlar yog’dirgani omma qiziqishini avj oldirgan.

Tramp kitobni fantastik asar deb hisoblaydi. Uning aytishicha, AQShda birovga tuhmat qilishga doir qonunlar zaif ekani bois Maykl Vulf kitobni nashr eta oldi.

Yuzlab intervyular asosida yozilgan kitobda prezidentlikning birinchi yili pala-partish, mutlaqo tartibsiz ravishda o’tgani, Trampning o’zi bolasifat va ehtimol ruhiy yordamga muhtoj ekani yozilgan.

….Actually, throughout my life, my two greatest assets have been mental stability and being, like, really smart. Crooked Hillary Clinton also played these cards very hard and, as everyone knows, went down in flames. I went from VERY successful businessman, to top T.V. Star…..

….to President of the United States (on my first try). I think that would qualify as not smart, but genius….and a very stable genius at that!

“Aslida hayotim davomida eng kuchli jihatim aqliy qobiliyatim bo’lgan. Hillari Klinton ham o’zini aqlli qilib ko’rsatishga harakat qildi, lekin uddalay olmadi. Muvaffaqiyatli tadbirkor edim, so’ng televideniye yulduziga aylandim, keyin esa AQSh prezidentiga! Nafaqat aqlliman, balki daho desa bo’ladi”, – deb yozdi Tramp tvitlarida.

Prezident jurnalistlarga eng yaxshi universitetlarda ta’lim olib, biznesidan milliardlab dollar daromad qilgani haqida ham maqtandi.

Jorj Bush davrida Oq uyda ishlagan huquqshunos Richard Peynterga ko’ra, Trampning o’zini maqtab yozishlari sharmandalik.

“Ikkinchi sinfda “klasskom” bo’lishga harakat qilayotgan, lekin hali pishmagan nomzodning bayonotiga o’xshaydi”, – dedi Peynter.

Respublikachilarga tashqi siyosat bobida maslahatchilik qilgan Jon Aravosis prezidentga tavsiya berdi:

“Aqliy qobiliyatlaring mamlakat bo’ylab muhokama qilinishini istamasang, omma oldida bu mavzuda maqtanma”.

Trampni bosiq, esli-hushli shaxs deb hisoblaysizmi? Dekabr oyida o’tkazilgan so’rovda qatnashganlarning 70 foizi bu savolga “yo’q” deb javob bergan.

“Alanga va qahr” kitobi muallifi Maykl Vulfga ko’ra, Tramp darhol hujumga o’tishi, advokatlari bilan qo’rqitishi yangilik emas.

“Men suhbat qilganlarning barchasi Trampni birdek tasvirlaydi. U bamisoli yosh bola. Hamma narsa uning atrofida aylanadi, maqtab turish kerak uni”, – deydi jurnalist.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.