Vashington-Toshkent: Rahbarlar telefonlashdi


O’zbekiston va AQSh rahbarlari telefonda gaplashdi. Prezidentlar yaqindan ishlashga kelishib oldi.

Ularga ko’ra, o’tgan bir yil ichida aloqalarda yangi sahifa ochilgan. Serqirra hamkorlik tomon birga qadam tashlash – asosiy maqsad, deya bayon qilmoqda Toshkent va Vashington.

Prezident Tramp Prezident Mirziyoyevni AQShga taklif qildi, deyiladi O’zbekiston hukumati bayonotida. Respublikada islohotlar boshlanganini olqishlagan Tramp Amerika ularni imkon qadar quvvatlaydi, deya qayd etgan.

Tomonlar iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg’oniston yuzasidan birga ishlash hamda mintaqaviy xavfsizlik bobida sheriklikni davom ettirish niyatida.

Prezidentlar shu paytgacha ikki bor ko’rishgan. May oyida Saudiya Arabistonida va sentabr oyida Nyu-Yorkda. Mirziyoyev va Tramp hali yuzma-yuz muzokara olib bormagan.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.