Markaziy Osiyo davlatlari Orol dengizini eslamoqda


Orol dengizining qurigan qismida qolib ketgan kema
Orol dengizining qurigan qismida qolib ketgan kema

Turkmaniston tashabbusi bilan Orol dengizi muammosi va ekologik vaziyatga oid sammit o’tkazilmoqda. U mintaqa liderlarining oliy darajadagi uchrashuvi ham hisoblanadi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi doirasida o’tayotgan anjumanda suvdan foydalanish bo’yicha mintaqaviy pozitsiyalar ham muhokama qilinmoqda. Xalqaro jamg’arma mintaqaning besh davlati tomonidan tuzilgan bo’sa-da, Orol muammosi bilan kurash, asosan, O’zbekiston va Qozog’iston zimmasida qolayotgani ta’kidlanadi.

Turkmaniston Prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov tashabbusi bilan Turkmanboshi shahrida o’tkazilayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sischilari sammitida mintaqadagi besh respublika prezidentlari jam bo’ladi.

Rasman Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig’ilishi sifatida taqdim etilgan bu sammit mintaqaning eng yopiq davlati Turkmaniston tashabbusi bilan chaqirilayotgani Markaziy Osiyoda iliqlik davri boshlangan bir sharoitda kuzatilmoqda.

1993-yilda tashkil etilgan xalqaro jamg’arma faoliyati avvaliga muntazam uchrashuvlar bulan kuzatilgan bo’lsa, keyinchalik mintaqa davlatlari o’rtasida ziddiyatlar kuchayishi oqibatida dolzarbligini yo’qotdi, so’nggi paytda jamg’arma faoliyati deyarli eslanmay qo’ygan edi.

Orol dengizini qutqarish jamg’armasi doirasida sammit o’tkazish tashabbusi Berdimuhammedov tomonidan Toshkentda O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan o’tgan muzokaralar davomida ko’tarilgan edi.

Ayni paytda Orol dengizi deyarli qurib bo’lgan, bu fojia natijasida, ayniqsa, O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmaniston hududidagi ekologik vaziyat jiddiy yomonlashdi. So’nggi yillarda suv tanqisligi bilan to’qnashayotgan mintaqada ekologik muammolar miqyosi kengaygan. Bu holat mintaqadan muvofiqlashgan hamkorlikni talab etayotgani ta’kidlanadi.

Siyosiy muhojirlikda yashayotgan turkman yozuvchisi Ak Velsapar Orol muammosi haqida qator chiqishlar qilgan.

Unga ko’ra, unutilgan Orol fojiasi yuzasidan mintaqa prezidentlarining sammitga to’planishayotgani umidli, ammo bu hali jamg’arma faoliyati kuchayishidan darak emas.

“Orol oqibatlarini bartaraf qilish unga tutash davlatlar uchun asosiy muammoligicha qolmoqda. Yozuvchi, jurnalist sifatida Orol dengizi, aniqrog’i uning qoldiqlariga doir vaziyatdan yaxshi xabardorman. Orol jamg’armasi faoliyatiga kelsak, unga a’zo davlatlar vaziyatni yaxshilash uchun aniq bir yordam doirasida hamkorlik qilishganini eslolmayman. Qozog’iston o’zicha, O’zbekiston o’zicha Orol muammosiga qarshi ayrim choralarni ko’rdi. Ammo jamg’armaga a’zo boshqa davlat Turkmaniston, Tojikiston yoki Qirg’iziston tomonidan biror harakat kuzatilmadi. Ehtimol, ularga o’z vaqtida bu jamg’armani tashkil etish qarorini qo’llagani uchun rahmat aytish kerakdir, ammo nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyodagi eng yirik ko’l bo’lgan bu zaxirani saqlab qolish uchun yordam, aniq choralar kerak edi. Albatta, Orol muammosi birinchi galda O’zbekiston, Qozog’iston va Turkmanistonga o’z ta’sirini ko’rsatganini ham inobatga olish kerak”, – deydi yozuvchi.

Bugun Orolning qayta tiklanishi mumkinligi o’ta qiyin baholanadi, suv tanqisligi mintaqa davlatlari, xalqlarini bevozta qilib kelayotgan asosiy masalaga aylangan. Turkmanistondagi sammitda ham Orolni qutqarish emas, suvdan foydalanishga oid vaziyat yuzasidan daryo boshi va daryo quyisidagi davlatlar o’rtasida muhokama bo’lishi kutilmoqda.

Ak Velsapar nazarida Markaziy Osiyoning besh respublikasi yaxlit bir mintaqada ekanligini anglab yetmas ekan, nafaqat ekologiya, suvdan foydalanishda, balki umumiy mintaqaviy vaziyatda siljish bo’lishi qiyin.

“Besh davlat bitta, yaxlit mintaqada, bir-birlarining manfaatlarini hurmat qilishi kerak. Amudaryo, Sirdaryo kabi yirik daryolar bu mintaqaning umumiy boyligi. Orol dengizining holati esa baribir mana shu daryolar suvidan qanday foydalanishga bog’liq. Orol fojiasi kelib chiqishiga ham aynan shu daryolar suvidan shafqatsiz foydalanish sabab bo’ldi. Bu Sovet Ittifoqining mintaqaga qoldirgan eng halokatli meroslaridan biri. Bugun SSSR yo’q, muammoni esa mintaqa davlatlarining o’zi hal qilishi kerak. Agar Orolni to’ldirishning imkoniyati yo’q ekan, hech bo’lmaganda suvni tejash orqali dengiz sathini ushlab turish kerak”, – deydi yozuvchi Ak Velsapar.

1 Comment

  1. I like the helpful information you provide in your articles. I will bookmark your weblog and check again here regularly. I am quite certain I will learn lots of new stuff right here! Best of luck for the next!

1 Trackback / Pingback

  1. buy viagra now

Leave a Reply

Your email address will not be published.