Bir guruh o’zbek jangarilari Afg’oniston hukumatiga taslim bo’ldi


Yosh o'zbeklar toliblar va "Islomiy davlat" safida edi, bugun ular normal hayotga qaytmoqchi
Yosh o’zbeklar toliblar va “Islomiy davlat” safida edi, bugun ular normal hayotga qaytmoqchi

Afg’onistonda mahalliy o’zbeklar toliblar va DAISh safida turib hukumatga qarshi jang qilmoqda. Ularning aksariyati shimoliy viloyatlardan chiqqan o’zbeklar. Yaqinda Juzjonda ularning bir to’dasi taslim bo’lishdi.

Taslim bo'layotgan o'zbek jangarilari

Taslim bo’lgan bu o’zbeklar Juzjonning Qo’shteppa va Darzob tumanlarida toliblar va DAISh safida edi. 10 nafari tolib, uch nafari DAISh a’zolari bo’lgan.

Mahalliy rasmiylar ularni gul bilan kutib olishdi. Tinch hayotga qaytib, ma’qul qaror qabul qilibsizlar, deydi viloyat hokimi Lutfullah Aziziy.

“Shu vatanning bolalarisizlar. Ortiq onalarimizning yoshi to’kilmasin, bolalar yetim, ayolar esa beva bo’lmasin. Boshqalar ham sulhni tanlasinlar”,- deydi Aziziy.

Taslim bo’lganlar orasida balog’at yoshga to’lmaganlar ham bor. Hayotning achchiq-chuchugini totmagan yoshlar.

“Ismim Javod, DAISh safiga ketgan edim… meni hechkim DAIShga qo’shilish uchun da’vat qilgani yo’q, o’zim shunday bordim”,- deydi taslim bo’lgan 17 yoshli sobiq jangari.

Ular orasida avvallari harbiylar safida bo’lib, nochorlik yuzasidan toliblar safiga o’tganlar ham bor. G’ulom Ali qo’mondon hukumatning tavajjuhsizlikgi sababi toliblar safiga qo’shilganini bildiradi.

“Ularning ishi shari’atga barobar emas. Nomardlarcha ishlar qiladi. O’zbek bolalarini o’ldiradi. Ishlari menga yoqmadim. Hukumatning sulh rejasiga qo’shildim”,- deydi taslim bo’lgan G’ulom Ali qo’mondon.

G’ulom Ali toliblarga qarshi jang qilayotganida 40 kuni qamalda qolgan. Safdoshlaridan ayirilgan.

“Toliblarga taslim bo’lib, ular safida jang qilishdan boshqa ilojim yo’q edi”, – deydi u.

Taslim bo’lganlar hukumatdan ish so’ramoqda. Vatanga xizmat qilishda va’da beradi.

Qo’shteppa va Darzob tumanlari Juzjon, Sari pul va Faryob viloyatlarini bog’lab turadi. Shuning uchun ham muhim hudular sanaladi.

Mazkur ikki tumanda xorijiy isyonchilar ham bor. Checheniston, Fransiya, Pokiston va O’zbekistondan jangarilar bor, ular DAISh safida jang qilmoqda.

Normal hayotga qaytishga ahd qilgan o'zbek jangarilar
Normal hayotga qaytishga ahd qilgan o’zbek jangarilar

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.