Afg’onistonda o’zbek tilining bugungi ahvoli qanday?


Afg’onistonda chop etilgan “O’tkan kunlar” kitobining taqdimoti

Tilning taqdiri jamiyatning taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Rivojlanmagan xalqning tili ham o’smaydi. Afg’onistonda o’zbek tili rasmiy tillardan biri sifatida qabul qilinganiga 15 yil bo’ldi. Xo’sh, uning bugungi ahvoli qanday?

2003-yilda Loya Jirg’ada qatnashgan o’zbeklar ularnining tillari bosh qonunda rasmiy til sifatida qayd etilishini talab qilib chiqqan edi. Qonun qabul qilinib, 16- moddada “o’zbek tili uchinchi rasmiy til” deya qayd etildi. Lekin o’zbek tilini taraqqiy ettirish, undan foydalanish mexanizmlari belgilab berilmadi.

O’zbek tili o’zbeklar yashovchi hududlarda o’qitilishi uchun ruxsat berilgan bo’lsa ham qator viloyatlarda o’qitilmayapdi. Yolg’iz Juzjon va Faryob viloyatlarida o’zbek bolalar o’z ona tillarini maktabdan o’rganish imkoniga ega. O’zbek tili bir predmet sifatida haftada uch bor birinchi sinfdan oltinchi sinfgacha o’rgatiladi. Ayni holda bir necha viloyatlarning muallim tarbiylash muassasalari va universitetlarida tashkil qilingan o’zbek tili va adabiyoti bo’limlari ham mavjud. Lekin o’zbek tili va adabiyoti bitiruvchilari uchun ish o’rinlari yaratib berilmagan.

“Hukumat o’zbek rivoji uchun hech qanday tavajjuh qilmagan. O’qituchi tayyorlashi lozim, kitoblar chop etishi kerak”,- deydi In’omulla ismli o’qituvchi.

Hukumat Afg’onistonda o’zbek tili rivoji uchun hech qanday amaliy qadam tashlamagan bo’lsa-da, o’zbek ziyolilarining shaxsiy imkoniyatlari kelib chiqib olib borgan faoliyatlari oz bo’lsa-da o’zbek tili rivojiga hissa qo’shgan. Yuzlab ilmiy asarlar, hikoyalar, she’r to’plamlari chop etilib, xalqqa yetkazib berilgan. Moliyaviy muammolar sabab yuzlab asarlar nashr etilmay qolib ketgan.

Hukumatning o’zbek tiliga e’tibor bermagani qavmiy ziddiyatlar, xudbinlik, millatparastlik bilan izohlanadi. Hukumat bunday iddaolarni inkor etadi.

“Yozuvchilarimiz kitoblarini shaxsiy mablag’laridan chop etgan. Hukumat ularga moliyaviy yordam bermagan. Biz o’zbek tili maktablardan 12-sinfgacha o’qitilishi xohlaymiz. 6-sinfgacha o’qitiladi, bu yetarli emas.”,- deydi Muhammad Rahim Amino’g’li ismli talaba.

Suhbatdosh nazarida hukumatga o’zbek tiliga e’tibor qaratishi uchun bosim o’tkazish kerak. Ziyolili va faollar hukumatni shu yo’l bilan majbur qilishlari zarur.

Shu jarayonda O’zbekistonda nashr etilgan bir necha asarlar Afg’onistonda chop etilgan. Bilim yurtlarida darslik tayyorlashda O’zbekiston manbalaridan keng foydalanilgan. Mutaxassislarga ko’ra, O’zbekiston Afg’onistonda o’zbek tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Chunki, oliy o’quv dargohlarida o’qitilayotagn darsliklar o’zbekistonlik olimlar tomonidan tayyorlangan va ularning asarlarga tayangan holda ishlab chiqilgan.

“Amerika Ovozi” Afg’onistonda o’zbek tili va o’zbek matbuoti bo’yicha bir necha maqola nashr etgan. Suhbatdoshlar O’zbekiston bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kuchaytirishga ta’kidlaganlar.

Joriy yilning noyabr oyida O’zbekiston Termiz shahrida afg’onistonliklar uchun ta’lim markazi tashkil qilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur ta’lim markazida o’zbek tili ham o’qitilishi nazarda tutilgan.

Yaqinda davlatlarning rahbarlari Toshkentda muloqot qilib, bu masalani alohida tilga oldi.

Prezident Muhammad Ashraf G’ani so’zlarini o’zbek tilida boshlab, bu zabon Afg’onistonda uchinchi rasmiy til ekaniga urg’u berdi.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.