Sayfullo Soipov o’zini aybsiz deb hisoblaydi


31-oktabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasini peshexodlar ustiga haydab, sakkiz kishini o’ldirganlikda ayblanayotgan o’zbekistonlik Sayfullo Soipov gunohsiz ekanini da’vo qilmoqda.

Amerikaga 2010-yilda grin-karta bilan kelgan Soipov qotillik, 12 kishining hayotiga qasd qilganlik, “Islomiy davlat” jangari to’dasiga moddiy yordam berganlik va zo’ravonlik aybi qo’yilgan edi.

Soipov Manxetten sudida mas’uliyatni tan olmasligini aytgan. Uning advokati jurnalistlar savollariga javob bermadi.

29 yoshli muhojir ijaraga olingan kichik hajmdagi yuk mashinasida shaharning Manxetten rayonida velosiped yo’lagida odamlarni bosgan, so’ng maktab avtobusiga urilib, bolalarga jarohat yetkazgan.

Politsiya o’qidan yaralangan Sayfullo Soipov kasalxonaga yotqizilib, u yerdan sudga olib ketilgan edi.

Be the first to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published.